Norin tumani 1-sektor hududi bo‘lgan “Katta o‘lmas” mahallasida joylashgan madaniyat markaz binosida, tuman hokimi Jo‘rabek Nurmatov ishtirokida Navoiy mahalla yoshlari bilan "Hokim va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi.
Tumandagi korxona va tashkilotlarning tegishli mutassaddilari ishtirok etgan uchrashuv davomida o‘ndan ortiq yoshlarning muammo va takliflari tinglandi.
Jumladan, ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash va ularni ishga joylashtirish, mavjud masalalar yuzasidan huquqiy tomonlama yordam berish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan yoshlarga yordam ko‘rsatish, muammolarni aniqlash va bartaraf etish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yigit-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar bo‘yicha murojaatlar eshitilib, joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi.