Ijtimoiy tarmoqlarda “Poyezd temiryo‘l relsida odamni bosib ketdi” nomli xabar tarqalib ketadi.
Maʼlum bo'lishicha, joriy yilning 24 mart kuni soat 16:00 larda 053-sonli “Qo‘ng‘irot-Toshkent” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi “Ellikqalʼa-To‘rtko‘l” bekatlari oralig‘ida harakatlanib kelayotgan vaqtda, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro X.Sh. ehtiyotsizligi oqibatida poyezd yo‘liga chiqib qolgan va poyezd uni bosib ketgan.
Olgan tan jarohatlari natijasida fuqaro X.Sh. voqea joyida vafot etgan.
"Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan Orolbo‘yi transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda" - deyiladi xabarda.