Maktabgacha va maktab taʼlimi, Raqamli texnologiyalar hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari mutaxassislari ishtirokida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va yangi xizmatlarni joriy etish masalalari muhokama etildi.
Xususan, aholiga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi elektron xizmatlarni tez orada ishga tushirish kelishib olindi:
✔️ Maktab o‘quvchilarni 1-sinfga onlayn qabul xizmati;
✔️ O‘quvchilarni maktabdan maktabga onlayn ko‘chirish xizmati;
✔️ Elektron shahodatnomani yuklab olish xizmati;
✔️ Talabalarni yotoqxonaga onlayn joylashish xizmati;
✔️ Talabalarga taʼlim kreditini onlayn ajratish xizmati va boshqalar.
Maktabgacha taʼlim tashkiloti, maktab, oliy taʼlim tizimlarida yangi elektron xizmatlari joriy etiladi. Barcha takliflar tahlil etilib, qulay xizmatlarni joriy etish choralari ko‘riladi.
Taʼlim sohasida joriy etilgan elektron xizmatlardan - Taʼlim sohasida elektron xizmatlar havolasi orqali foydalanish mumkin.