Fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan "PSJ"ni boshqarishi mumkin, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Manbaning xabariga ko‘ra, 50 yoshli fransiyalik mutaxassis murabbiylikka qaytish niyatida. "Real"ga qaytish ehtimolidan tashqari, Zidan "PSJ"ni boshqarishi mumkin. Bu holatda Parij klubi Neymarni tark etadi.
Zidan avvalroq Fransiya terma jamoasini boshqarishi mumkin edi, ammo fransuz futboli rahbariyati Didye Desham bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi.