Buyuk Britaniya hukumati ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha qonunni buzgani uchun TikTok'ni 15,8 million dollar miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda "Sky News" xabar berdi.
Ma’lum qiliishicha, Buyuk Britaniya qonunlari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqda shaxsiy hisob yaratish uchun minimal 13 yoshga to‘lgan bo‘lish kerakligiga qaramasdan, platforma 2020 yilda ushbu yoshga yetmagan 1,4 million bolaga shaxsiy hisob yaratishga ruxsat bergan.
Shuning uchun, TikTok platformasi ma’lumotlarni himoya qilish qonunchiligini buzganlik, jumladan, 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarning shaxsiy ma’lumotlaridan ota-ona roziligisiz foydalanganlikda ayblanib, 12,7 million funt sterling yoki 15,8 million dollar miqdorida jarimaga tortilgan.