DataLife Engine / Erdog‘an Isroilni ogohlantirdi

Erdog‘an Isroilni ogohlantirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Al-Aqso masjidiga qilingan hujumlarni keskin qoraladi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

"Musulmonlarning birinchi qiblasiga qarshi qilingan qabih harakatlarni qoralayman va hujumlarni tezroq tugatishga chaqiraman. Isroil ma’muriyati keltirib chiqargan zo‘ravonlik to‘lqini ortida barcha ogohlantirishlarga qaramay, ichki muammolar borligi aniq. Bu zulm siyosati deyiladi.

Turkiya Isroil kuchlarining Al-Aqsoga qilgan dahshatli hujumlari oldida jim turmaydi. Musulmonlarga qarshi zulm va provokasiya siyosati, Harami Sharifga hujum qilish bizning qizil chizig‘imizdir", - dedi Erdog‘an.

Shuningdek, Erdog‘an Isroilni provokasiyalar va islomiy ziyoratgohlarga hujumlarni to‘xtatishga chaqirdi.

"Biz Al-Aqsodagi musulmonlarga qarshi hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiramiz. Falastin xalqi yolg‘iz emasligini hamma bilishi kerak", - degan Turkiya rahbari.

Ma’lumot uchun, 4 aprel kuni kechasi Isroil qo‘shinlari Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi. Hujumda ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz, shuningdek, rezina o‘q va tayoqlardan foydalanilgan. Isroil polisiyasi bilan to‘qnashuvda 100 ga yaqin falastinlik yaralandi.
6-04-2023, 19:41
Вернуться назад