Twitter foydalanuvchi tomonidan yaratilgan kontentni monetizasiya qilish dasturini joriy qilmoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Mask xabar berdi.
"Endi siz obunachilar uchun har qanday materialni pullik qilishingiz mumkin — uzun matnlardan tortib videolargacha, buning uchun tegishli sozlamalarni tanlashingiz kerak", — deb yozadi u.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, Twitter bu uchun hech qanday mablag‘ olmaydi. Dasturning dastlabki 12 oyi davomida foydalanuvchilar ishlab topgan mablag‘dan faqat to‘lov tizimlari komissiyasi undiriladi.