DataLife Engine / Ispaniyalik ayol 70 metr yer ostida 500 kun yashadi

Ispaniyalik ayol 70 metr yer ostida 500 kun yashadi

Ispaniyalik ayol ihotalanish tajribasi tariqasida 500 kun g‘orda yashadi, deya xabar berdi The Guardian axborot agentligi.

Ma'lumotga ko'ra Alpinist ayol Beatris Flamini 2021-yilning noyabrida — butun dunyoni COVID-19 chulg‘ab olgan paytda 70 metr chuqurlikdagi g‘orga kirib ketgan edi. U o‘zi bilan 2 ta GoPro kamerasi, 1000 litr suv va oziq-ovqat olgan. U g‘orda 500 kun yolg‘iz yashab, o‘zi bilan suhbatlashgan va kitob o‘qib, kichikroq jismoniy mashqlar bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Beatris 2 oydan so‘ng vaqtdan adashgan va tovush gallyutsinatsiyalariga duchor bo‘lgan. Olimlar kamera orqali uni kuzatib turishgan va ijtimoiy ihotalanish odamga qanday taʼsir qilishini o‘rganishgan.
15-04-2023, 20:29
Вернуться назад