DataLife Engine / “Ochiq byudjet” axborot portalida “Mening yo‘lim” loyihasiga start berildi

“Ochiq byudjet” axborot portalida “Mening yo‘lim” loyihasiga start berildi

Bugun, 17-apreldan “Ochiq byudjet” axborot portalida “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumiga start berildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Tuman (shahar) byudjetlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun rejalashtirilgan mablag‘larning kamida 50 foiz qismini fuqarolar fikri asosida yo‘naltirishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumi uchun 312 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Loyiha doirasida taklif kiritish jarayoni 27-aprel sanasiga qadar davom etadi. Kiritilgan takliflar uchun ovoz berish jaroyonlari 28-apreldan 7-may kuniga qadar o‘tkaziladi.
17-04-2023, 15:12
Вернуться назад