DataLife Engine / Rossiya O‘zbekistonga ko‘proq neft yetkazib berishni rejalashtirmoqda

Rossiya O‘zbekistonga ko‘proq neft yetkazib berishni rejalashtirmoqda

Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Aleksandr Novak O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov bilan neft va neft mahsulotlari yetkazib berishni ko‘paytirish imkoniyatlarini muhokama qildi. Bu haqda Rossiya Vazirlar Mahkamasiga tayanib, TASS xabar bermoqda.

Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda gaz, neft, elektroenergetika sohalari, jumladan, qayta tiklanadigan energiya va gidroenergetika loyihalari, shuningdek, atom qurilishi sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Novak va Mirzamaxmudov “Rosatom”ning yangi yadroviy inshootlarini qurish istiqbollari to‘g‘risida ham fikr almashgan.
17-04-2023, 15:15
Вернуться назад