DataLife Engine / Turkiya Qora dengizda yangi gaz konini ochish arafasida

Turkiya Qora dengizda yangi gaz konini ochish arafasida

Turkiya energetika va tabiiy zaxiralar vaziri Fotix Donmez TRT Haber telekanaliga bergan intervyusida Qora dengizda yangi gaz va neft koni ochilish arafasida ekanini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, yangi konni ochish uchun salohiyat yetarli.

2020 yilda Turkiyaning Qora dengiz sohillarida hajmi 540 milliard kubmetrga baholangan gaz koni aniqlangan edi. O‘shanda Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an uni mamlakatning eng yirik zaxirasi, deb atadi.


Shuningdek, u hajmi 58 milliard kubmetrlik yana bir kon ochilganini ma’lum qilgan. 

Umuman, Turkiya yetakchisi ta’kidlashicha, Qora dengizda jami gaz zaxirasi 710 milliard kubmetrga yetgan va qiymati xalqaro bozorda 1 trillion dollarni tashkil etadi.

“Qora dengizda katta salohiyat yashiringan. Kelgusida biz Sakariya gaz konida ish boshlaymiz. Keyin Qora dengizning markaziy qismiga o‘tamiz”, – dedi Donmez TRT Haberga bergan intervyusida.

Avvalroq Turkish Petroleum (TPAO) neft korporasiyasi boshqaruv raisi va bosh direktori Melix Xon Bilgin Turkiya hozirgi bozor sharoitida Qora dengiz gazi bilan Yevropa bozoriga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega, degan edi.
21-04-2023, 20:59
Вернуться назад