DataLife Engine / Evropa Ittifoqi: Serbiya Sputnik va RT ko‘rsatuvlarini to‘xtatishi kerak

Evropa Ittifoqi: Serbiya Sputnik va RT ko‘rsatuvlarini to‘xtatishi kerak

Evroparlamentning tashqi ishlar qo‘mitasi Serbiya hukumatidan Sputnik va RT telekanallarining mamlakatda ko‘rsatuvlarini to‘xtatishni so‘ragan hisobotni ma’qulladi.

Sputnik Serbia xabariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Belgraddan Sputnik va RT telekanallarining mamlakatdagi ovozini o‘chirishni so‘ragan.

Hisobotni tayyorlagan Yevropa Parlamenti vakillarining Serbiya xalqining haligacha muqobil fikr eshitish imkoniga ega ekanligidan nihoyatda bezovta bo‘lganini bildirgan xabarda, Serbiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi Belgradning bu mavzudagi qaroriga bog‘liq ekanligi ta’kidlandi.

Evropa davlatlarining barcha sa’y-harakatlariga qaramay, Serbiyada rus ommaviy axborot vositalarining mashhurligi ortib bormoqda. Sputnik ning dasturlari har kuni 25 ta radiostansiya va 27 ta telekanalda efirga uzatilar ekan, Sputnik Serbiya bosh muharriri Lyubinka Milichich tez-tez ekspert sifatida radio va televideniye dasturlariga taklif qilinadi.
27-04-2023, 15:00
Вернуться назад