Portugaliyalik jurnalistlar yangi shov-shuvli xabar bilan chiqishdi: Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges ajrashish arafasida. OAV xabarlariga ko‘ra, har ikki tomon bir-birining kamchiliklaridan to‘ygan.
"Ronaldu oilasidan uzoqda o‘zini unchalik yaxshi his qilmaydi, Jorjina esa hashamat, pul sarflash va suratga olish olamiga sho‘ng‘ib ketgan" - degan o‘zini Ronalduning onasining do‘sti deb atagan odam.
Uning aytishicha, Krishtianu o‘zini futbolchiga teng deb biladigan Jorjinaning xatti-harakatidan norozi. Bular hozircha shunchaki taxmin va shov-shuvlar bo‘lishi mumkin.