"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde o‘tgan shanba kuni jamoaga "Betis"ni mag‘lub etishga yordam bergan bo‘lsa, uning uyi esa to‘nab ketilgan, deb xabar berdi "Mundo Deportivo".
Bu "ko‘k-anorranglilar" futbolchisi bilan joriy mavsumdagi ikkinchi shunday holat. Pyer-Emerik Obameyang avgust oyi oxirida "Chelsi"ga ketayotgan paytda ham bunday holat ro‘y bergandi. Boz ustiga, voqea vaqtida gabonlikning jag‘i singan.
"Barselona" futbolchisining uyini o‘g‘irlash so‘nggi yillarda tez-tez uchrab turadigan hodisaga aylangan. Bungacha Ansu Fati, Samuel Umtiti, Jordi Alba, Luis Suares, Artur Melo, Filippe Koutinyo va Kevin-Prins Boateng jarohat olgan edi.