Toshkent viloyatida maktabning 9-sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shu yilning 21 aprel kuni Olmaliq shahar xalq ta’lim bo‘limiga qarashli umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi I.T. o‘z joniga qasd qilgan. Bu haqda rasmiy xabar bugun, 2 may kuni e’lon qilindi. O‘quvchining ahvoli haqida aniq ma’lumot berilmagan.
Bildirilishicha, holat yuzasidan Olmaliq shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.