Hodisa Sumgayit tumanida yuz berdi. Yevropa o‘yinlari bronza medali sohibi Mehmon Halilov Farid Bakarov bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan.
U bolaning sochidan sudrab, kaltaklagan. Bola bo‘ynidan xavfli jarohat olib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Sumgayit shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 126.3-moddasi (“Qasddan badanga og‘ir shikast etkazish, ehtiyotsizlik oqibatida jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U qo‘lga olindi, tergov harakatlari olib borilmoqda.