DataLife Engine / Namanganda reklama banneri fundamentidan o‘pirilib, 26 yoshli yigitni bosib qoldi

Namanganda reklama banneri fundamentidan o‘pirilib, 26 yoshli yigitni bosib qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda banner tuproqqa o‘rnatilgani uchun qulab tushib, bir fuqaroni bosib qolgani aks etgan video tarqalgan edi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov rasmiy ma’lum berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat joriy yilning1 may kuni Namangan shahrida yuz bergan. Aniqlanishicha, reklama banneri fundamentidan o‘pirilib, yerga tushishi oqibatida bir nafar 1997 yilda tug‘ilgan erkak tan jarohati olgan va voqea joyida hushini yo‘qotgan.

Shundan so‘ng, yon atrofda bo‘lgan fuqarolarning ko‘magida jabrlangan shaxs darhol shifoxonaga olib ketilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
2-05-2023, 21:02
Вернуться назад