DataLife Engine / Italiyaning mudofaa qobiliyati keskin pasaydi

Italiyaning mudofaa qobiliyati keskin pasaydi

Italiyaning mudofaa qobiliyati Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishlayotgan bir paytda keskin darajada pasaygan. Bu haqda "Corriere della Sera" gazetasi yozmoqda.

Nashr manbalariga ko‘ra, mamlakat Qurolli kuchlarida artilleriya o‘q-dorilarining yetishmovchiligi boshlangan.

“Bugungi kunda Italiya arsenallarida og‘ir va yengil artilleriya o‘q-dorilari yetishmaydi. Bunday holat Ukrainaga yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi oltita farmondan keyin yuzaga keldi”, deydi Italiya parlamenti xavfsizlik qo‘mitasi.

Italiya bosh shtabi vakillariga ko‘ra, hujum sodir bo‘lgan taqdirda mamlakat 72 soat qarshilik ko‘rsata oladi, xolos.

Shuningdek, hozirda yetkazib beruvchi kompaniyalar barcha buyurtmalarni bajara olmayotgani xabar qilingan. Bu katta investisiyalarni talab qiladi.
6-05-2023, 20:45
Вернуться назад