DataLife Engine / Volvo kompaniyasi 1,3 ming xodimini ishdan bo‘shatadi

Volvo kompaniyasi 1,3 ming xodimini ishdan bo‘shatadi

Shvesiyaning «Volvo» kompaniyasi 1,3 ming xodimini ishdan bo‘shatadi, deya xabar bermoqda «Reuters».

Qayd etilishicha kompaniya xarajatlarni kamaytirish maqsadida xodimlari qisqartiradi va bu xodimlar shtatining 6%ini tashkil etadi.

Kompaniya bosh direktori Jim Roueninning ma’lum qilishicha, ishdan bo‘shatish birinchi navbatda ofis xodimlariga ta’sir qiladi.

“Iqtisodiy omillar, tovarlar narxining oshishi va raqobatning kuchayishi bizning sanoatimiz uchun bir qancha vaqt muammo bo‘lib qolishi mumkin”, — dedi u.

O‘zgaruvchan bozor sharoitlari tufayli «Volvo» samaradorlikni oshirish dasturini yaratdi, ammo ular yetarli bo‘lmadi.

«Reuters» ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya 1100 nafar xodimni ishdan bo‘shatish to‘g‘risida xabarnoma chiqargan.

Qolgan 200 nafar ishchini ishdan bo‘shatish yoki bo‘shatmaslikka kompaniya butun Shvesiya bo‘ylab biznes holatini tahlil qilgandan so‘ng qaror qiladi.
6-05-2023, 21:15
Вернуться назад