DataLife Engine / O‘zganing nomiga kredit rasmiylashtirgan shaxs javobgarlikka tortildi

O‘zganing nomiga kredit rasmiylashtirgan shaxs javobgarlikka tortildi

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida yashovchi fuqarolar Q.R.(erkak) va I.A. (ekrak)lar ariza bilan murojaat qilib, ularning nomlariga “noma’lum shaxs” tomonidan kredit mablag‘lari rasmiylashtirib olinganligini ma’lum qilganlar.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Jizzax viloyati Baxmal tumanida yashovchi 36 yoshli D.S. (erkak) sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, D.S., Q.R. va I.A.ning nomlariga ATB “Mikrokredit bank" G‘allaorol tuman filiali orqali “quyonchilik” uchun har biriga 25 mln. so‘mdan kredit mablag‘larini rasmiylashtirib olingani ma’lum bo‘ldi.

Jinoyat sodir etgan D.S. O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Qonunga muvofiq, D.S. sodir etgan jinoiy harakatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
6-05-2023, 21:25
Вернуться назад