"PSJ" hujumchisi Lionel Messi faoliyatini qayerda davom ettirish haqida o‘ylamoqda.
Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, ayni damda 35 yoshli janubiy amerikalik futbolchining eng ko‘p ehtimoliy variant Saudiya Arabistoniga o‘tish bo‘lib turibdi, uning transferiga "Al-Hilol" qiziqmoqda.
Messi kelajak haqida o‘ylamoqda va faoliyati yakunida katta shartnomaga erishmoqchi. Lionel tinchroq hayotni xohlaydi, u Yevropadagi doimiy bosimdan charchagan.
Manbaning qayd etishicha, argentinalik futbolchi “Barselona”ning sobiq jamoadoshlari Serxio Buskets va Jordi Albani o‘zi bilan Saudiya Arabistoniga olib ketmoqchi.
Messining "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.