Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni Xitoyga taklif qildi. Bu haqda Xitoyning CGTN telekanali xabar berdi.
18-19 may kunlari Sian shahrida “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari ishtirok etadi.
Shuningdek, Xitoy TIV ma’lumot berishicha, 16-20 may kunlari ushbu mamlakatlar rahbarlari sammitga parallel ravishda davlat tashriflarini amalga oshiradi.