DataLife Engine / Ukrainada 9 may Yevropa kuni deb e’lon qilindi

Ukrainada 9 may Yevropa kuni deb e’lon qilindi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 9 mayda Yevropa kuni nishonlanishini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘z idorasi saytida e’lon qilingan farmonda aytib o‘tgan.

“Xalqimizning yevropacha o‘ziga xosligini anglagan holda, Ukrainada har yili 9 may kuni YEI mamlakatlari bilan birgalikda nishonlanadigan Yevropa kunini belgilashga qaror qildik”, – deyiladi hujjatda.

Qayd etilishicha, mazkur qaror “Evropa xalqlari birligini mustahkamlash”, shuningdek, “Evropa qit’asida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash” maqsadida qabul qilingan.

Bundan tashqari Oliy Radaga 8 mayni Xotira va Ikkinchi jahon urushida nasizm ustidan g‘alaba qozonish kuni etib belgilash taklif qilingan qonun loyihasi taqdim etilgan. 2015 yildan beri 8 may Ukrainada Xotira va yarashish kuni – deb nishonlanadi. Shu tariqa mamlakat G‘arbiy Yevropa odati bo‘yicha fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabani nishonlash an’anasiga qo‘shildi. 9 may G‘alaba kuni bayram bo‘lib qoldi, ammo davlat darajasidagi asosiy rasmiy tadbirlar 8 mayga ko‘chirildi.
9-05-2023, 22:06
Вернуться назад