DataLife Engine / Namanganda bank xodimi fuqaroning bank kartasidan pul o‘mardi

Namanganda bank xodimi fuqaroning bank kartasidan pul o‘mardi

Namangan shahrida yashovchi 60 yoshli V.D. (erkak) ariza bilan murojaat qilib, bank plastik kartasidagi pullari noma’lum shaxs tomonidan yashirin tarzda talon-toroj qilinganligini ma’lum qilgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan viloyati Uychi tumanida yashovchi 32 yoshli A.A. (erkak) sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, A.A. bank mas’ul xodimi bo‘lib, V.D.ning plastik kartasidan jami 2.553.488 so‘m pullarini mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda yechib olgan.

Jinoyat sodir etgan A.A. O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Qonunga muvofiq, A.A.ga sodir etgan jinoiy harakatlari uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
9-05-2023, 22:33
Вернуться назад