DataLife Engine / Xakerlar AQSh maxfiy hujjatlarini telegram chatlarda sotmoqda

Xakerlar AQSh maxfiy hujjatlarini telegram chatlarda sotmoqda

Hakerlar AQSh razvedka agentliklarining maxfiy hujjatlarini, shu jumladan AQSh Harbiy-havo kuchlari askari Jek Teysheyra tomonidan sizdirilgan hujjatlarni ham telegram-chatlarda sotmoqda. Bu haqda Financial Times yozdi.

Hujjatlar orasida FQB xodimlari ro‘yxati, AQSh harbiy samolyotlari uchun maxfiy yo‘riqnomalar, barcha shtatlardagi polisiya xodimlari ma’lumotlari va Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi qo‘llanmalari bor. Bundan tashqari, oshkor qilingan hujjatlar Xitoyga va Rossiya-Ukraina urushiga ham taalluqli. Barcha yuklangan fayllarni parollar yoki maxsus dasturlarsiz ochish mumkin. FT bu ma’lumotlarni 2 haftadan ortiq vaqt davomida bir necha telegram-chatlarini kuzatib aniqlagan.

Gazetaning hisob-kitoblariga ko‘ra, maxfiy hujjatlarning minglab sahifalari chatlarda sotilmoqda. Ularning ba’zilari AQSh Harbiy-havo kuchlari vakili Teysheyra tomonidan «sizdirilgan» hujjatlar, ammo yangilari ham bor. Masalan, maxfiy korporativ ma’lumotlar, shuningdek, AQSh huquqni muhofaza qilish idoralari va texnologik korporasiyalar o‘rtasidagi maxfiy yozishmalar.

Gazetaning qayd etishicha, maxfiy ma’lumotlar oshkor qilinadigan chatlar ba’zida bir nechta ishtirokchidan iborat. Savdo «past malakali hakerlar va fitna nazariyotchilari» o‘rtasida amalga oshirilmoqda. «Eng yaxshi mahsulotlar» kredit karta ma’lumotlari kabi sizdirilgan tijorat ma’lumotlariga almashtirilmoqda.
9-05-2023, 22:44
Вернуться назад