DataLife Engine / Escape nomli “suzuvchi taksi” ishlab chiqildi

Escape nomli “suzuvchi taksi” ishlab chiqildi

Belfastdagi Artemis Technologies startapi orollar orasidagi sayohatlar uchun hashamatli suv taksisini ishlab chiqdi. Bu haqda techcult.ru ma’lum qildi.

U Escape deb nomlandi, barcha ekologik talablarga javob beradi va yuqori energiya samaradorligiga ega. Ushbu suv taksisi puxta dizayn, yuqori texnologiya va barqarorlik tendensiyalari uyg‘unligi orqali dengizda yo‘lovchi tashishning kelajakdagi standarti uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Ishlanma to‘liq elektr harakatlantiruvchi tizimdan foydalanadi. Uzunligi 12 metr va suv o‘tkazuvchanligi taxminan 11 tonna. Tezligi 55 km / soat.

U bir marta to‘liq quvvatlantirilgan akkumulyator vositasida 100 kilometrgacha masofani bosib o‘tadi, o‘nlab yo‘lovchi va ikki ekipaj a’zosini tashiydi. Korpus aerodinamikaga qo‘yiladigan talablarga muvofiq yaratilgan. Batareyani to‘liq quvvatlantirish atigi 60 daqiqada amalga oshiriladi.

Escape tabiatga kam zarar yetkazadigan transport vositasidir.
9-05-2023, 22:46
Вернуться назад