DataLife Engine / Buxoroda yarim-yalang‘och holda alkogol idishiga "mehr ko‘rsatgan" qiz bo'yicha ma’lumot berildi

Buxoroda yarim-yalang‘och holda alkogol idishiga "mehr ko‘rsatgan" qiz bo'yicha ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol qo‘lida spirtli ichimlik ushlab, bemaʼni qiliqlar qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Xabarlarda bu ayol Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi maktablardan birining maktab psixologi ekani aytilgan. Viloyat IIB holat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

Aniqlanishicha, ushbu videorolikdagi qiz Qorako‘l tumani “Tinchlik” mahallasida yashovchi, tumandagi 4-sonli ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabning 10-sinf o‘quvchisi 2007 yilda tug‘ilgan T.Sh. ekanligi maʼlum bo‘lgan.

U ushbu videotasvirni taxminan ikki yil oldin o‘z uyida telefoniga tasvirga olganligi, videotasvir o‘ziga nomaʼlum bo‘lmagan holatda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketganligi aniqlangan.

Videotasvirlarning ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketganidan so‘ng, voyaga yetmagan qizning buvisi tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ushbu videolavha nevarasining telefonidan nomaʼlum bo‘lgan shaxslar tomonidan qo‘lga kiritilib, roziliksiz internetda tarqatib yuborilganini aytgan va videoni tarqatganlarga qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 141/3-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarini oshkor qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Jinoyat ishi doirasida aybdorlarning shaxsiga to‘la aniqlik kiritilib, ularning harakatlariga huquqiy baho beriladi hamda jinoyat uchun jazo muqarrarligi taʼminlanadi”, - deyiladi xabarda.
9-05-2023, 22:52
Вернуться назад