DataLife Engine / iPhone 16 Pro va Pro Max ekrani kattalashadi

iPhone 16 Pro va Pro Max ekrani kattalashadi

Display Supply Chain Consultants kompaniyasining taniqli insayderi va tahlilchisi Ross Yang so‘zlariga ko‘ra, 2024 yilda taqdim etiladigan iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max modellari mos ravishda 6,3 va 6,9 dyuym diagonalli displey bilan jihozlanadi.


Demak, kelasi yilgi flagmanlar iPhone tarixidagi eng katta smartfon bo‘ladi. Taqqoslash uchun, hozirgi iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max 6,1 va 6,7 dyuymli displeyga ega. 2023 yil kuzida taqdim etiladigan yangi avlod smartfonlarida bu o‘lcham o‘zgarmaydi.


Shuningdek, insayderning qo‘shimcha qilishicha, Apple kompaniyasi iPhone 16 Pro va Pro Max ekranlarining tomonlar nisbatini biroz o‘zgartirishi, ya’ni ular biroz kengayishi yoki cho‘zilishi mumkin. Hozircha bu haqda tafsilotlar yo‘q.

10-05-2023, 21:24
Вернуться назад