Operasiya Hindistonda o‘tkazilgan. Ayol revmatoid artrit kasalligidan aziyat chekkan. Shifokorlar uning 8 ta barmog‘ini endoprotezlashga qaror qilishgan, deb xabar bermoqda “The Times of India”.
“Zamonaviy 3D-printerdan foydalanib, uning shikastlangan bo‘g‘imlariga mukammal mos tushadigan titan metall implantlarini yaratishga muvaffaq bo‘ldik”, deydi uning doktori Niraj Godara.
Bemor bir qancha vaqtdan so‘ng qo‘l va barmoqlarini mustaqil harakatlantirgan.