Har chorakda eng yaxshi ishlangan 200 nafar maktab direktori o‘rinbosariga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarida moddiy rag‘batlantirish mukofot pullari beriladi.
Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimi Isroil Tillaboyevga ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan navbatdagi qo‘shma qaror imzolangan.
Unga ko‘ra, maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlariga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarida moddiy rag‘batlantirish mukofot pullari berib boriladi.
Har chorakda eng yaxshi ishlangan 200 nafar maktab direktori o‘rinbosariga beriladi.