DataLife Engine / Kanada neft va gaz qazib olishni to‘xtatdi

Kanada neft va gaz qazib olishni to‘xtatdi

Kanadaning Alberta provinsiyasidagi o‘rmon yong‘inlari mahalliy energiya ishlab chiqaruvchilarni kuniga kamida 280 000 barrel neft ekvivalenti ishlab chiqarishini to‘xtatishiga sabab bo‘ldi.

Bu ko‘rsatkich ishlab chiqarishning 3% dan ortig‘ini tashkil qiladi.

Shuningdek, ommaviy yong‘in tufayli Kanadaning AQShga kunlik tabiiy gaz eksporti 6,7 milliard kub metrgacha kamaydi, bu 2021 yil aprelidan beri eng past ko‘rsatkichdir. Hozirgacha ofat sabab evakuasiya qilinganlar soni 30 ming kishiga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanadada o‘rmon yong‘inlari sababli favqulodda holat e’lon qilini xabar qilingandi. Alberta provinsiyasining 25 mingga yaqin aholisi 100 dan ortiq o‘rmon yong‘inlaridan qochib, uylarini tark etdi.

Ma’lumot uchun, Kanada neft qazib olish bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. Mamlakat neftining 80% ga yaqini Albertadan keladi
12-05-2023, 20:06
Вернуться назад