DataLife Engine / Qirg‘iziston va O‘zbekiston avtomobil yig‘ish va ishlab chiqarish zavodini qurishni boshladi

Qirg‘iziston va O‘zbekiston avtomobil yig‘ish va ishlab chiqarish zavodini qurishni boshladi

Zavod Bishkekdan 50 km uzoqlikdagi Oq-Suv qishlog‘ida joylashgan.

Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 ming dona avtomobilni tashkil etadi, 1000 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Kapsulani yotqizishda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov ishtirok etdi.

“Bugun Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik yangi bosqichga chiqdi”, – dedi Japarov.
12-05-2023, 20:50
Вернуться назад