Fransiya va Yevropadagi eng yirik zamonaviy san’at muzeyi restavrasiyaga muhtoj, deya xabar beradi euronewsw.com.
Parijdagi Jorj Pompidu nomidagi milliy san’at va madaniyat markazi 2025 yil oxirida ta’mirlash ishlari uchun yopiladi. Ta’mirlash 5 yil davom etadi.
Fransiya madaniyat vaziri Rima Abdul-Malak ta’kidlaganidek, muzey o‘zining 46 yillik faoliyati davomida hech qachon katta restavrasiya ishlaridan o‘tkazilmagan. Uning narxi 262 million yevroga baholanmoqda.
Pompidu markazi Fransiya va Yevropadagi eng yirik zamonaviy san’at muzeyidir. Uning fondlarida 90 mamlakat rassomlari tomonidan yaratilgan 100 mingdan ortiq san’at asarlari mavjud.