DataLife Engine / Buxorodagi cho‘lda erkaklar bir ayolni jinsiy aloqa qilishga majburlab, holatni videoga olishdi

Buxorodagi cho‘lda erkaklar bir ayolni jinsiy aloqa qilishga majburlab, holatni videoga olishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayolni bir necha erkaklar kuch ishlatish yo‘li bilan zo‘rlamoqchi bo‘layotganliklari aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB Matbuot xizmatiga tayanib UzNews ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 2023 yilning 30 mart kuni soat taxminan 13:00 larda G‘ijduvon tumani “Sarmijon” mahallasida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan D.B. shu mahallada yashovchi tanishi 1991 yilda tug‘ilgan S.G. ismli ayolni tumanning “Qoraxoni” mahallasi “Jilvon” cho‘l hududiga olib borib, uning erkiga zid ravishda jinsiy aloqada bo‘lgan.

Shundan so‘ng, erkakning orqasidan kelgan 3 nafar tanishi holatni videotasvirga olgan va ushbu videotasvir orqali qizni o‘ziga qaram qilib, ular bilan ham jinsiy aloqada bo‘lishga majbur qilgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 121-moddasi (shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish yuzasidan gumon qilinuvchi 3 nafar shaxslar JPKning 221-moddasi tartibida ushlanib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


13-05-2023, 16:44
Вернуться назад