Turkmanistonda elektron sigaretalarni sotish taqiqlandi. Bu haqda Turkmennews xabar berdi.
Rasmiylar mamlakatda elektron sigaretalarga taqiq qo‘yilishiga qaramay undan foydalanish ko‘paygandi. So‘nggi paytlarda bir martalik elektron sigaretalar, qayta ishlatiladigan veyp qurilmalari, ular uchun ehtiyot qismlar, suyuqliklarni sotib olish imkonsiz bo‘lib qoldi.
Rasmiy ravishda hech qanday qonunlar chiqarilmagan, sotuvchilar og‘zaki ravishda xaridorlarga taqiq qo‘yilganini aytmoqda.
Ilgari Turkmanistonda elektron sigaretalarni sotib olish juda oson bo‘lgan, ular onlayn va oflayn rejimda sotilgan. Xususan, butun Ashxoboddagi, masalan, “100 favvora” hududidagi tungi do‘konlar mahsulotni sotishda mashhur joyga aylangandi. Bu muassasalar prezident oilasining qarindoshlariga tegishli bo‘lgan.
Turkmanistonda rasmiylar uzoq vaqtdan beri tamakidan butunlay xoli davlat maqomiga erishishni maqsad qilgan. 2022 yil oxirida qonunchilikka rasman o‘zgartirishlar kiritilib, sigaret sotib olishning minimal yoshi 18 yoshdan 21 yoshgacha ko‘tarildi.