Tojikiston va O‘zbekistonda meva yig‘imida mavsumiy yollanma ishchilar bilan bog‘liq muammo allaqachon ko‘zga tashlanmoqda. East-Fruit tahliliga ko‘ra, mintaqada may oyidan boshlab haroratning +40°S va undan yuqori ko‘tarilib ketishi pishib yetilayotgan mevalarni yig‘ib olishdagi ishchi kuchiga ta’sir ko‘rsata boshlamoqda. Bu haqda O‘zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatov yozmoqda.
Unna ko‘ra, endi ularni ishga jalb etish har qachongidan oson emas. Masalan, o‘tgan yili Tojikistonda bir kunlik arzon ishchi kuniga 6 dollardan ishga chiqqan bo‘lsa, 20 ta ishchini maydonga jalb etish muammo bo‘lmasdi, joriy yil esa o‘sha ishchi sinf yo‘q, 8-10 dollarlik taklifga atigi 12 kishi rozi bo‘lmoqda.
Iqlim o‘zgarishi hozirgi kunda Markaziy Osiyodagi ishchi sinfini shimol mamlakatlariga "siljishini" tezlashtirgan. Shimol ular uchun birmuncha barqaror va komfortroq muhitda ishlashlarida sharoit taklif etmoqda.
Markaziy Osiyoda ko‘plab sabzavot ekinlari, birinchi navbatda piyoz, sabzi, lavlagi va kartoshka yetishtirishni mexanizasiyalashda o‘sish kutilmoqda. Ammo, bu mevalar bilan bog‘liq holatda u darajada emas. Meva va sabzavotlar ustida barcha islohotlar yangi navlar, texnologik yutuqlarga borib taqalmoqda. Chunki, mintaqa hozir logistik yuk tashlamalari va marketing sarmoyalariga muhtoj. Kelgusida ham bu saqlanadi.
Yuqoridagi omillar sabab, bog‘bon va sabzavot yetishtiruvchilar 2024 yildan choralar ko‘rmasa, mahsulotni yig‘ish va sotish bilan bog‘liq jiddiy muammoga duch keladilar.