Toshkent shahrining Chilonzor tumani 19-mavze, Katta Xirmontepa ko‘chasi 56-uy qarshisida yo‘lning qatnov qismi yuqori kuchlanishli elektrkabelda yuzaga kelgan nosozlik tufayli qazilgan.
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, qazish ishlarini Chilonzor tumani elektr tarmoqlari tezkor avariya-tiklash guruhi 16 iyun 15:30 larda amalga oshirgan.
Joriy yilning 16 iyun kuni soat 21:30 larda aynan shu qazilgan joydagi chuqurlikka "Neksiya-2" avtomashinasi tushib ketgan.
Qayd etilishicha, ta’mirlash joyi yo‘l belgilari bilan jihozlangan.
Holat bo‘yicha tan jarohat olganlar haqida navbatchilik qismiga ma’lumot kelib tushmagan.