Agar kondisioner uzoq vaqt tozalanmasa, uning holati nazorat qilinmasa, unda og‘ir pnevmoniyaga olib keladigan legionella bakteriyalari ko‘payishi mumkin.
Bundan tashqari, havo haroratining keskin pasayishiga yo‘l qo‘yilsa, shamollashni keltirib chiqaradi. Ko‘cha va xonadagi harorat o‘rtasidagi farq yetti darajadan oshmasligini ta’minlash kerak.
Havo oqimi sezilmasligi ham muhim jihat. Agar kondisionerni yotoqxonaga qo‘ysak, uning shamoli to‘g‘ri sizga tushmasligi lozim. Ofisda ham havo oqimini his qiladigan joyda o‘tirmasligimiz kerak. Aks holda turli og‘riqlar ham kuzatilishi mumkin.