EastFruit 2023 yilning mart—iyun oylarida O‘zbekiston rekord miqdorda piyoz eksport qilganini ma’lum qildi.
Mutaxassislar mahsulotning mamlakatdan eksport qilinishiga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinganidan keyin o‘sishni qayd etdi. 2023 yil yanvar oyi boshida ichki bozorda anomal sovuqlikdan keyin narxlarning oshishini ushlab turish maqsadida piyoz eksporti taqiqlangan edi.
Cheklovlar aprel oyining oxirigacha 4 oylik muddatga joriy etildi. O‘zbekiston piyozi eksportining 95 foizi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bozorlariga yetkazib berilgan. Asosiy davlatlar quyidagilar:
Qozog‘iston — 129,4 ming tonna (umumiy eksportning 58,1 foizi);
Rossiya — 70,1 ming tonna (31,4 foiz);
Qirg‘iziston — 8,1 ming tonna (3,6 foiz);
Belarus — 4,8 ming tonna (2,1 foiz).
Mart oyi o‘rtalaridan iyun oxirigacha xorijga 222,8 ming tonna piyoz jo‘natildi. 2022 yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 53 foizga oshgan.