O‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda futbol jurnalisti Faxriddin Ro‘ziyev o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 19 yoshli futbolchiga “Lans” klubi qiziqish bildirmoqda. Hozirda “Lans” klubi vakillari va Husanovning agentlari o‘rtasida muzokara o‘tkazilmoqda.
Abduqodir Husanov Belarusning “Energetik-BGU” klubi futbolchisi hisoblanadi. O‘tgan mavsum u Belarus chempionatida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, Husanov 400 ming yevroga baholangan.