Vaziyat qanday bo‘lishi havo yo‘nalishi va kuchiga bog‘liq bo‘ladi, deb xabar beradi Euronews.
Islandiyadagi Reykyanes yarim orolida Fagradalfyal vulqoni otilyapti.
Litli Xrutur tog‘i yaqinidagi aholi yashamaydigan hududga olib boruvchi barcha asosiy yo‘llar yopilgan va hududga kirish taqiqlangan.
Polisiya aholini gaz va lava sochayotgan yerlardan uzoqroq turishga chaqirmoqda.
Islandiya prezidenti Gudni Yoxannesson infratuzilma uchun hozircha xavf yo‘qligini aytdi.
«Vulqon gazi tahdidi ostida bo‘lgan katta hudud fuqarolik mudofaasi organlari tomonidan vaqtincha yopildi», – dedi u.
Bu oxirgi uch yil ichida uchinchi portlash, ammo bu safar u ancha katta.
Vaziyatning qanday rivojlanishi havo oqimining yo‘nalishi va kuchiga bog‘liq.