Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi Surxondaryo viloyatidagi At-Termiziy xalqaro universiteti nodavlat oliy ta’lim xizmatlari faoliyatini boshlash maqsadida Maxsus elektron tizim orqali vazirlikka murojaat qilmagani va lisenziyaga ega emasligi malum qildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasiga asosan, nodavlat ta’lim tashkilotlari lisenziya olingan kundan e’tiboran ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidir.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning may oyida Talim inspeksiyasi Termiz shahridagi “UNIVERSITY AT-TERMIZIY” MCHJning nodavlat oliy ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun lisenziyasi yo‘qligi haqida bayonot bergan. Shunda so‘ng o‘tgan yil iyun oyida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan “At Termiziy University” xususiy universiteti kanalini ochib, faoliyat yuritishga tegishli ruxsatnoma olinmagan universitetga o‘qishga qabul boshlanganligi haqida xabarlar berib pul yig‘gan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilingan edi.