11 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi "Chodak" dam olish maskanida kanatga chiqqan odamni kanati to‘xtab, o‘rtada qolib ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat FVB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, fuqarolar kanatda uchayotgan vaqtda kanat to‘xtab qolgan va kanat xodimlar tomonidan qutqaruv arqoni orqali fuqarolar tushirib olingan.
Ayni paytda Pop tumani Chodak dam olish maskanlarida fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar bo‘limlari bilan hamkorlikda kunu tun navbatchilik tashkil etildi.