“Uzbekistan GTL” zavodi quvvatlarining bosqichma-bosqich ishga tushirilishi sababli yilning 12-iyulidan boshlab Respublika tovar-xom ashyo birjasi orqali sotuvga qo‘yiladigan sintetik dizel yoqilg‘isi bir tonnasining boshlang‘ich narxi 10 116 972 so‘mdan 9 499 953,08 so‘mgacha arzonlashtirildi.
Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ yarim sintetik dizel yoqilg‘isining narxi bir tonna uchun 13 488 974 so‘mdan 11 673 687 so‘mgacha pasaytiriladi.