DataLife Engine / «Barselona» stadionini buzib tashlashmoqda

«Barselona» stadionini buzib tashlashmoqda

«Kamp Nou»da rekonstruksiya avjida. Stadion 2024 yilning noyabr oyiga qadar yopildi

«Barselona» klubining uy stadioni «Kamp Nou»da rekonstruksiya ishlari boshlangan.

«Barselona» may oyida «Kamp Nou»dagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazgandi. Klub yangi mavsumdan vaqtinchalik shahardagi «Olimpiya» stadioniga ko‘chadi. Kataloniyaning Monjuik rayonidagi bu arena 55 926 tomoshabin sig‘imiga ega.

«Kamp Nou»dagi 1,6 milliard yevro smetasiga ega rekonstruksiya davomida stadiondagi tomoshabinlar sig‘imi 99 354 o‘rindan 106 ming sig‘imga yetkaziladi. VIP-zona 14 ming o‘ringa oshirilishi rejalashtirilgan.

O‘yingoh tribunalarining usti yopiladi. Arena 2024/25 yilgi mavsumda foydalanishga topshirilishi belgilangan bo‘lsa-da, «Barsa» stadiondagi qurilish ishlari yakunlanmay turib 2024 yilning noyabr oyida stadionga qaytishni rejalashtirgan.
12-07-2023, 16:20
Вернуться назад