DataLife Engine / Britaniyalik deputat «Tolibon» hukumatini maqtadi

Britaniyalik deputat «Tolibon» hukumatini maqtadi

Buyuk Britaniyaning konservator deputati Tobias Ellvud Afg‘onistondagi “Tolibon” hukumatini "to‘liq o‘zgartirgani" uchun maqtadi va Buyuk Britaniyani Afg‘onistonning yangi rasmiylari bilan munosabatlarni o‘rnatishga undab, ularni tan olishga chaqirgan.

The Telegraph tomonidan nashr etilgan maqolada, Sharqiy Bornmutdan parament deputati va va hozirgi Mudofaa qo‘mitasi raisi, "Tolibon G‘arbni Afg‘onistondan qochib ketishga majbur qilganidan ikki yil o‘tib men Kobulga bordim, u to‘liq o‘zgargan", - deb mazkur mamlakatga borganini eslatgan.

"Xavfsizlik sezilarli darajada yaxshilangan, sobiq prezident Ashraf G‘ani hukumatining barcha tabaqalariga ta’sir ko‘rsatgan keng tarqalgan korrupsiya deyarli yo‘q bo‘lib ketgan", deb yozadi u. "Mamlakat iqtisodiyotini yo‘q qilgan qora bozorda afyun savdosi to‘xtab qolganga o‘xshaydi", deb qo‘shimcha qilgan britaniyalik deputat.

Ellvudning aytishicha, mamlakat 1970 yillardan beri bunday osoyishtalikni boshdan kechirmagan. U, ko‘chalarda hamma o‘z ishi bilan bandligini, son-sanoqsiz tekshirish postlari yo‘qolganini yozgan.

Ammo deputat afg‘on hukumatining ayollarga nisbatan ta’lim, ijtimoiy hayotda bo‘layotgan cheklovlari Britaniya va boshqa G‘arb hukumatlari tomonidan “muzokara asboblari” sifatida foydalanilishi mumkinligini aytgan.

Ellvud "G‘arb tomonidan hozirda Afg‘onistonga xalqaro yordam, shuningdek afg‘onlarning muzlatilgan 9 milliard dollarini berilmayotganini tanqid qildi. U G‘arb mamlakatlarini Afg‘onistonning yangi hukumati bilan munosabatlarni yaxshilashga chaqirgan. Deputat, aks holda Afg‘oniston yana urush ichida qolishi yoki Xitoy vassali bo‘lishini taxmin qilgan.
25-07-2023, 13:02
Вернуться назад