Qirg‘izistonda turmush qurgan salkam 40 foiz erkak va ayol yoki har ikkala juftlikda ham bepushtlik muammosi bor. Bu haqda Qirg‘iziston Reproduktiv salomatlik alyansi ijrochi direktori Galina Chirkinaga tayanib, 24.kg axborot agentligi xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, surrogat onalik ba’zan ota-ona bo‘lishning yagona yo‘li hisoblanadi.
“Ko‘pgina mamlakatlarda (jumladan, Qirg‘izistonda ham) surrogatlik ruxsat etilgan amaliyot bo‘lib, qonun normalarida ushbu jarayondagi barcha ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari aniq-tiniq ko‘rsatilgan", — dedi Galina Chirkina.
Avvalroq qirg‘izistonlik deputat Dastan Bekeshev Qirg‘izistonda surrogatlikni taqiqlash kerakmi, degan savol bilan chiqqandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu bir qator rivojlangan mamlakatlarda taqiqlangan va iqtisodiyoti rivojlanayotgan ko‘pgina esa mamlakatlarda ruxsat etilgan. Kambag‘al davlatlarda ko‘pincha ayolning ruhiy holati hisobga olinmaydi, deb hisoblaydi deputat.