Rossiya kompaniyalari 2023 yilda Xitoydan Rossiya armiyasi uchun zarur bo‘lgan yuzlab million dollarlik ikki tomonlama maqsadli tovarlarni sotib oldi, deb yozadi Politico bojxona ma’lumotlariga tayanib.
Qayd etilishicha, yil boshidan beri Xitoy Rossiyaga 100 million dollarlik fuqarolik uchuvchisiz uchoqlar va zirh uchun 225 million dollardan ortiq kevlar yetkazib bergan.
Bundan tashqari, Rossiya kompaniyalari Xitoydan tayyor tana zirhlari va dubulg‘alarini, shuningdek, termal nishonlarni sotib oladi. Jurnalistlarning aniqlashicha, urush boshlangandan beri taxminan 11 million dollarlik kamida 220 ta shunday jo‘natish amalga oshirilgan.
Nashrning qayd etishicha, ko‘pincha ikki maqsadli tovarlarni xarid qilish Rossiyaning «fly-bynight» kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi. Aksariyat hollarda ular bojxona hujjatlarida sotib olingan tovarlarning boshqa nomlarini ko‘rsatadilar. Masalan, Rostovning «Positron» kompaniyasi 2022 yilning noyabr va dekabr oylarida qiymati 60 million dollardan ortiq bo‘lgan dubulg‘alarni «turli kulolchilik buyumlari» sifatida xarid qilgan.