DataLife Engine / BMT Bosh Assambleyasi muqaddas kitoblarni tahqirlashni qoraladi

BMT Bosh Assambleyasi muqaddas kitoblarni tahqirlashni qoraladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi muqaddas kitoblarni kamsituvchi har qanday xatti-harakatlarni qoralab, bunday xatti-harakatlarni xalqaro huquqning buzilishi deb tan olgan rezolyusiyani qabul qildi.

Marokash tashabbusi bilan qabul qilingan hujjat BMT Bosh Assambleyasi tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.

Qarorda, xususan, “odamlarga diniy mansubligi yoki e’tiqodidan kelib chiqib, ularning diniy ramzlari, muqaddas kitoblari, uy-joylari, korxonalari, mulklari, maktablari, madaniyat markazlariga qarshi qaratilgan har qanday zo‘ravonlik harakatlari,shuningdek, diniy joylar va ziyoratgohlarga qilingan barcha hujumlar keskin qoralanadi.

Hujjat mualliflari, shuningdek, musulmonlarning muqaddas kitobi – Qur’onga qarshi fitnalarni qoralashga chaqirib, ularni “diniy nafrat harakati” deb ta’riflagan.

25 iyul kuni Misr va Turkiyaning Kopengagendagi elchixonalarida Qur’onni yoqish bo‘yicha aksiyalar bo‘lib o‘tdi. Xuddi shunday aksiya bir kun avval Iroq elchixonasi yaqinida ham o‘tkazildi.

Musulmon yetakchilar va siyosatchilar bayonotlar berib, bu kabi ig‘volar so‘z erkinligi qonunlarida qamrab olinmasligiga urg‘u berishdi.
26-07-2023, 11:25
Вернуться назад