DataLife Engine / “Turkish Airlines” bortida yo‘lovchi o‘z joniga qasd qildi

“Turkish Airlines” bortida yo‘lovchi o‘z joniga qasd qildi

Fojiali voqea Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasining Istanbuldan Marrakeshga ketayotgan samolyotida sodir bo'lgan. Bu haqda Haqqin internet nashri xabar bermoqda.

Nashrning xabar berishicha yo‘lovchilardan biri o‘z joniga qasd qilgani sababli ekipaj a’zolari Jazoir poytaxtiga favqulodda qo‘nishga qaror qilishgan.

Yo‘lovchi ko‘p vaqtini hojatxonada o‘tkazib, tashqariga chiqmaganida shubha uyg‘otadi.

Qayd etilishicha, ekipaj yo‘lovchining shubhali xatti-harakatlarini payqagach, favqulodda choralar ko‘rilgan. Hojatxona eshigi majburan ochilib, erkakni sudrab tashqariga olib chiqishgan. Biroq tez tibbiy yordam ko‘rsatganiga qaramay, uni saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
26-07-2023, 11:33
Вернуться назад